Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lox-Ness ko‘lida yashaydigan maxluq topildimi?

Lox-Ness ko‘lida yashaydigan maxluq topildimi?

Shotlandiyadagi Lox-Ness ko‘lining afsonaviy maxluqi asrlar davomida har xil bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bu jonivor haqida turli nazariyalar bor. Unga tegishli suratlar va videolar keng tarqalgan. Endi bu maxluq haqida yangi qarash paydo bo‘libdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Lekin Lox-Ness ko‘lida yashaydigan maxluq sirliligicha qolmoqda. Birov uni haqiqat desa, ayrimlar afsonaga yo‘yishadi.

Ko‘lda bir necha marta kuzatuv o‘tkazildi. «Loch Ness Sightings» sayti ma’lumotiga ko‘ra, bu maxluq 2017-yilda ko‘lda 17 marta ko‘ringan ekan.

«Express.co.uk» saytida «All Time Conspiracies» kanali «Youtube»ga tayangan holda xabar berishicha, maxluq haqiqatan topilgan, lekin u maxfiy saqlanmoqda.

Shvetsiyada «Storsjöodjuret» nomli maxluq (Ko‘ldagi ulkan maxluq) Storsjun ko‘lida yashagani haqida ma’lumotlar bor.

Shvetsiya hukumati 1986-yili «Storsjöodjuret va uning bolalarini qo‘riqlash to‘g‘risida» qaror chiqargan edi. Bu qaror 2005-yili o‘z kuchini yo‘qotgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring