Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Luka Modrich «Inter»ga o‘tishi mumkin — OAV

Luka Modrich «Inter»ga o‘tishi mumkin — OAV

Foto: «Mir 24»

«Regnum» xabariga ko‘ra, «Real Madrid» yarimhimoyachisi Luka Modrich Milanning «Inter» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda «Sport.es» xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yozgi transferlarda o‘z maqsadiga erisha olmagan milanliklar qishki transferda 34 yoshli xorvat futbolchisini qo‘lga kiritishdan umidlarini uzganlari yo‘q.

Modrichning «Real» bilan amaldagi shartnomasi tugashiga bir yil qoldi, «Inter» rahbariyati madridliklar futbolchini tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ham sotishga majbur bo‘lishadi degan fikrdalar.

Luka Modrichning amaldagi transfer qiymati — taxminan €15 mln.

Ma’lumot uchun: amaldagi mavsumda Luka Modrich «Real» safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring