Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Lukashenko Armanistondagi inqilob haqida: «Ular bizni birma-bir yo‘q qilishadi»

Lukashenko Armanistondagi inqilob haqida: «Ular bizni birma-bir yo‘q qilishadi»

Foto:«EADaily»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Armanistondagi «baxmal  inqilob» haqida gapirar ekan: «Mana shunday qilib ular bizni birma-bir yo‘q qilishadi», — deya bayonot berdi.

Lukashenko kim haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritmadi, ammo Rossiyani tilga olib o‘tdi. «Boshimizni qovushtirib barcha masalalarni birgalikda hal qilish o‘rniga bir-birimizni ko‘kragimizdan itarib, basharamizga musht tushirishga o‘tib ketayapmiz», – deya bayonot berdi Belarus prezidenti parlament va mamlakat fuqarolariga qilgan yillik murojaatida.

Ilgari Serj Sargsyan muxolifatning 11 kun davom etgan ommaviy namoyishlaridan so‘ng Armaniston bosh vaziri lavozimidan iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edik.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Armanistondagi hodisalar tinch xarakterga ega ekanligini ta’kidlar ekan, barcha tomonlarni bosiqlikka, qonun va inson huquqlarini hurmat qilishga, muloqot o‘rnatishga  chaqirdi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring