Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukashenko Qodirovga minnatdorlik bildirdi

Lukashenko Qodirovga minnatdorlik bildirdi

Foto: «NTV»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Checheniston rahbari Ramzon Qodirovga uzoq yillardan beri Liviyada tutqunlikda ushlab kelinayotgan belaruslik Vyacheslav Kachura ozod etilishi munosabati bilan minnatdorchilik xatini jo‘natdi.

Kachura 2011-yili Liviyada ish olib borayotgan Rossiya, Ukraina va Belarus maxsus xizmatchilari safida bo‘lgan va Liviyaning sobiq rahbari Muammar Kaddafi hukumati bilan hamkorlikda ayblanib, mahalliy isyonchilar tomonidan qo‘lga olingandi.

«25-sentabrda Minskdagi uchrashuvimizda siz va’da berganingizdek, qisqa vaqt ichida Vyacheslav Kachuraning ozod etilishi va vataniga qaytgani uchun chuqur minnatdorchilik bildiraman», deya Lukashenkoning xatidan iqtibos keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

Bundan tashqari, yana bir fuqaroning ozod etilgani uchun Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd al-Nahayyonga ham shu mazmundagi maktub jo‘natilgani haqida Belarus prezidenti matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring