Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madam Tyusso muzeyida Melanya Trampning haykali paydo bo‘ldi

Madam Tyusso muzeyida Melanya Trampning haykali paydo bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Madam Tyusso muzeyining Nyu-Yorkdagi filialida AQSh prezidenti rafiqasi Melanya Trampning mum haykali paydo bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Birinchi xonimning ko‘k libosdagi haykali uning turmush o‘rtog‘i haykali yonida qad rostladi. Ularning yonida birinchi bo‘lib prezidentning sobiq matbuot kotibi Shon Spayser suratga tushdi.

Melanyaning haykali «Melanyaga so‘z bering» nomli ekspozitsiyaning bir qismi bo‘lib, mehmonlar 26-apreldan 31-maygacha muzeyning «Twitter»dagi sahifasida birinchi xonim nomidan xabar yozishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring