Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniy tadbirkorlik mavzusida trening tashkil etildi

Madaniy tadbirkorlik mavzusida trening tashkil etildi

Foto: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida madaniy tadbirkorlik mavzusida trening tashkil etildi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Treningni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning Goldsmit universiteti qoshidagi Kreativ va madaniy tadbirkorlik instituti professorlari Shaun Praym, Nikola Tyorner va Adrian dela Courtlar olib borishdi.

Mashg‘ulotlar ingliz tilida, “San’atda biznes modellashtirish”, “Kreativ tadbirkorlikda marketing” mavzularida san’at va madaniyat sohasida kreativ tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi g‘oyalarni amalga oshirish bo‘yicha biznes xaritalarni tuzishda yosh ijodkorlarda boy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Foto: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti matbuot xizmati

Ta’kidlash kerakki, Londonning qoq markazida joylashgan ushbu ta’lim muassasasi san’at va dizayn, ijtimoiy fanlarga ixtisoslashgan bo‘lib, so‘nggi yillarda jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 15-o‘rinda bormoqda. San’at va madaniyat ta’limidagi IQ bo‘yicha esa Qirollikda to‘rtinchi, Yevropada beshinchi hamda jahonda o‘n ikkinchi o‘rinda turadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring