Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mafiyaning 85 yoshli sobiq yetakchisi bir umrga qamaldi

Mafiyaning 85 yoshli sobiq yetakchisi bir umrga qamaldi

Foto: «Apnews.com»

Sitsiliya mafiyasi — «Koza Nostra»ning AQSh sho‘’basi sobiq yetakchisi, 85 yoshli Frensis Salemm 1993-yildagi qotilligi uchun umrbod qamoq jazosi oldi. Bu haqda «Associated Press» xabar berdi.

«Kadillak Frenk» (uning laqabi) 1993-yili tungi klub xo‘jayini Stiven DiSarroni mafiya sirlarini hukumatga aytib qo‘yishidan cho‘chib o‘ldirib yuborgan.

Salemmni jazolashni uzoq vaqt kutishdi. Chunki 90-yillar oxiridan u guvohlarni himoya qilish dasturi tufayli daxlsiz qolayotgandi, biroq 2004 yilga kelib bergan guvohligi yolg‘onligi fosh bo‘lgach jazolanishiga bir bahya qoldi. Keyin yana shu dastur himoyasiga o‘tib oldi.

Biroq bu safar og‘ir jazoda qochib qutula olmadi, dastur ham yordam bermadi, yoshi bir joyga borib qolganiga ham qarab o‘tirishmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring