Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Magistraturaga topshirmoqchi bo‘lganlar uchun muhim xabar e’lon qilindi

Magistraturaga topshirmoqchi bo‘lganlar uchun muhim xabar e’lon qilindi

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, davlat OTMlarining magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida tashkil etiladi. Bunda:

- avgust oyidagi qabul – navbatdagi o‘quv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarning kuzatuv kengashlari tomonidan tasdiqlangan to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq;

- yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga ko‘ra to‘lmagan o‘rinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Joriy yildan boshlab davlat OTMlari magistraturasiga qabulda mutaxassislik fanidan imtihon bo‘lmaydi.

Faqat abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

Boshqa qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring