Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mahbuslar yana g‘alayon ko‘tardi

Mahbuslar yana g‘alayon ko‘tardi

Foto: «Caraota Digital»

Venesuelaning Puente-Ayala qamoqxonasi mahbuslari yana g‘alayon ko‘tardi. Ularning ochlikdan toqati toq bo‘lgani aytilmoqda. Ma’lum qilishlaricha, har bir mahbusga ikki kunda bir marta qaynatilgan bir porsiya guruch va makaron berilar edi, xolos.

Mana, bir necha kundirki, shugina yemish ham yo‘q. Qamoqxona ma’murlari mahbuslarning yaqinlariga oziq-ovqat olib kelishlariga izn bergan. Biroq bu ish o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi: bir porsiya ovqatni «ichkariga» kiritish uchun bir yarim ming bolivar «uzatish» kerak. Holbuki, eng kam ish haqi ikki ming bolivarga yetmaydi...

«El Pitazo» nashrining xabar berishicha, taloto‘pdan bitta mahbus halok bo‘lgan. Jarohat olganlarning soni hali noma’lum.

Bu mamlakat turmalaridan bo‘layotgan birinchi g‘alayon emas. Shu yilning mart oyida mahbuslar yotoq matraslarni yoqib yuborishi natijasida katta yong‘in kelib chiqqan, oqibatda 68 nafar mahkum  vafot etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring