Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Majburiy ijro byurosiga yangi vakolatlar berildi

Majburiy ijro byurosiga yangi vakolatlar berildi

Foto Majburiy ijro byurosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-mart kuni «Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida berilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi yaratiladi.

Endilikda qarzdor-jismoniy shaxslar va ularning mol-mulklari, shuningdek, olib berilishi lozim bo‘lgan bolani qidirishda Byuro va davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida tezkor axborot almashish; davlat ijrochilarining qarorlari, topshiriqlari, ko‘rsatmalari, bildirishnomalari va boshqa xabarnomalarini, shuningdek, ularga javoblarni tegishli davlat organlari, bank muassasalari va boshqa tashkilotlariga elektron hujjat ko‘rinishida yuborish (qabul qilish); sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorlarga, shu jumladan ularning mol-mulklari va mulkiy huquqlariga nisbatan cheklov choralari axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z vaqtida qo‘llaniladi.

Shuningdek, hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlaridagi yoki ma’lumotlar bazalaridagi takomillashtirishlar yoxud elektron hamkorlik to‘g‘risidagi texnologik yo‘riqnomaning o‘zgarishiga olib kelayotgan har qanday o‘zgartirish Byuro bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Yagona elektron hamkorlik tizimiga integratsiya qilinadi.

Byuro O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan birgalikda 2018-yil 1-sentabrga qadar:

— hamkorlik qiluvchi tashkilotlar bilan elektron hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar va texnologik yo‘riqnomalar tuzilishini;

— hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilishni inobatga olgan holda Yagona elektron hamkorlik tizimi ishga tushirilishini ta’minlaydi.

Hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish bo‘yicha ishlar, shu jumladan, dasturiy ta’minotni yaratish, o‘z xodimlarini elektron raqamli imzo bilan ta’minlash Byuro va hamkorlik qiluvchi tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring