Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Makron: «Suriya kelajagini faqat Suriya xalqi hal qiladi»

Makron: «Suriya kelajagini faqat Suriya xalqi hal qiladi»

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron

Foto: RFI

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning fikriga ko‘ra, Suriya bo‘yicha Ostonada o‘tgan sammit ancha samarali bo‘lgan, biroq u barcha manfaatdor tomonlarni qamrab oladigan siyosiy jarayonga aylana olmaydi. Bu haqda u Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan bo‘lgan matbuot anjumani chog‘ida aytib o‘tgan deya xabar beradi CA-NEWS «OuestFrance»ga tayangan holda.

«Menimcha, Ostonadagi muzokaralar foydali bo‘ldi. Ular bizga deeskalatsiya va demilitarizatsiya zonalarini yaratishga imkon berdi», — deya fikr bildirdi Makron.

Yaqin haftalar ichida IShID terrorchi guruhi bilan qurolli to‘qnashuvlar nihoyasiga yetadi va Suriya muxolifati vakillari ham qatnashadigan muzokaralar boshlanadi.

«Menimcha, Ostona formati bunga uncha mos kelmaydi», — dedi Makron. — Agar jarayonda ishtirok etayotganlar hozirgi siyosiy rejimga nisbatan «juda yumshoq» bo‘lsa, muzokaralar muvozanatli bo‘lmaydi va tinchlik o‘rnatilmaydi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya Ostona-Sochi doirasidagi jarayondan tashqariga chiqish va BMTning Jenevadagi rahbarligi ostida vaziyatni hal qilish uchun Turkiya bilan birgalikda ishlashni davom ettirish niyatida.

«Suriya kelajagi na Anqarada, na Parijda hal qilinadi. Suriyaning kelajagi suriyaliklar, jumladan, mamlakatni tark etganlar tomonidan hal qilinishi kerak», deya bayonot berdi Makron o‘zining «Tvitter»dagi sahifasida.

Ostonada bo‘lib o‘tgan birinchi tinchlik muzokaralari 2017-yil 23-24-yanvar kunlari Rossiya, Turkiya va Eron tashabbusi bilan amalga oshirilgan edi. Muzokaralarda bu uchta davlatdan tashqari AQSh va BMT vakillari, shuningdek, Suriya hukumati va muxolifat vakillari ishtirok etishmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring