Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab direktori o‘qishga kirgan o‘quvchilarining kontrakt pulini to‘lab berishni va’da qildi

Maktab direktori o‘qishga kirgan o‘quvchilarining kontrakt pulini to‘lab berishni va’da qildi

Kuni kecha mamlakatimizning barcha ta’lim maskanlarida bo‘lgani kabi Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi 31-umumta’lim maktabida ham bitiruvchilarning so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Maktab direktori Qahhor Xalilov prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

Maktab direktori so‘zini yakunlar ekan, maktab bitiruvchilari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirsa, uning 50 foizini o‘z hisobidan to‘lab berishi, budjet asosida o‘qishga kirsa 1 million so‘mdan pul berishini ma’lum qildi.

Darvoqe, maktab direktori shuncha mablag‘ni qayerdan oladi, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Qahhor Xalilov bugungi zamonga mos tadbirkor va ishbilarmon rahbar. Davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, o‘zining sohasi, ya’ni farzandlarimiz kamolotiga xizmat qiladigan nodavlat ta’lim muassasasini ham tashkil qilgan.

Baxtiyor Toshnazarov,
jurnalist

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring