Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab direktorlariga zamonaviy menejmentning innovatsion metodlari o‘rgatiladi

Maktab direktorlariga zamonaviy menejmentning innovatsion metodlari o‘rgatiladi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktab rahbarlari va tizim xodimlariga boshqaruvning zamonaviy metodlarini o‘rgatish joriy etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tizimdagi rahbar, pedagog va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda menejmentning samarali metodlarini o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, o‘quv kurslarida rahbar kadrlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, ularning AKT va mediasavodxonlik kompetentligini kuchaytirish, sohaga doir ilg‘or xalqaro tajriba bilan tanishtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2018-yil 31-may kuni institutda tashkil etilgan «Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan takomillashtirilgan davlat talablarini joriy etishning dolzarb masalalari» mavzusida respublika ilmiy konferensiyasida ham qayta tayyorlov va malaka oshirish kurslarida takomillashtirilgan davlat talablarini bajarishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Konferensiyada xalq ta’limi muassasalari rahbar va mutaxassislariga menejmentning innovatsion metodlarini o‘qitish jarayonida davlat talablarini joriy etish, umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning muammolari va yechimlari haqida ma’ruzalar tinglandi.

Anjuman davomida bildirilgan taklif va mulohazalarni malaka oshirish va qayta tayyorlovga joriy etish, qabul qilingan tavsiyalarni xalq ta’limi tizimiga tatbiq etish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring