Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini kengaytirish haqida qaror qabul qilindi

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini kengaytirish haqida qaror qabul qilindi

Foto:«Xabar.uz»

Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.  Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qaror bilan Xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq davlat xususiy sheriklik xususiy sherikning tashabbusi bilan tanlov o‘tkazilmay to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish orqali amalga oshiriladi.

Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini tashkil etmoqchi bo‘lgan talabgor Maktabgacha ta’lim vazirligiga ariza beradi.

Ariza 15 kunda ko‘rib chiqiladi va loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiq deb topilsa 7 kunda amal qilish muddati 30 yil bo‘lgan bitim tuziladi.

Shuningdek, hududdagi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, davlat sanitariya-epidemiologiya narozati organlarining maktabgacha ta’lim muassasasini qurish bo‘yicha salbiy xulosalari bo‘lsa loyihalar 3 kun ichida rad etiladi.

Bundan tashqari, nizom bilan davlat-hususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishda tomonlarning huquqlari va majburiyatlari belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring