Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Shodiyor Mamatqulov O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vazirining moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz» MTV matbuot xizmatiga tayanib.

Shodiyor Mamatqulov — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2008) va Bank-moliya akademiyasi (2011) bitiruvchisi.

2017-yilda prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi davlat xaridlarini nazorat qilish bo‘limini boshqardi, keyinroq esa Loyihalar va import shartnomalari ekspertizasi markazi texnik binolar boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Maktabgacha ta’lim vazirining avvalgi o‘rinbosari Qahramon Aripov Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring