Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablar avtobus bilan ta’minlanadimi? Masalaga XTV oydinlik kiritdi

Maktablar avtobus bilan ta’minlanadimi? Masalaga XTV oydinlik kiritdi

Foto: «USA Today»

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ba’zi internet nashrlarida mamlakatimizning barcha maktablari 2019-yilning 1-yanvarigacha avtobuslar bilan ta’minlanishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritadi, deb xabar bermoqda Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati.

Joriy yilning 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan edi.

Mazkur yig‘ilishda 2019-yil 1-yanvargacha joylardagi maktab filiallarini asosiy maktabga aylantirish vazifasi qo‘yildi. Asosiy maktab tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lmagan joylarda esa, o‘quvchilarning asosiy maktabga borishlari uchun avtobus xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi masalasini o‘rganib chiqish kerakligi ta’kidlandi. Bu tashabbus qishloq bolalarini ham yaxshi sharoitlarda o‘qishini ta’minlash o‘quvchilar uzog‘ini yaqin qilishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi tizimida 9,6 mingdan ziyod maktablar faoliyat yuritadi va ularning barchasini ikki oyda avtobuslar bilan ta’minlash imkoniyati mavjud emas. Shuning uchun bu masala, birinchi navbatda eng zarur bo‘lgan uzoq joylardagi maktablar uchun ko‘zda tutiladi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring