Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

Maktablarda pullik xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (davlat ta’minoti asosida) bepul va pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxatlarini tasdiqlash to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror loyihasida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida (davlat ta’minoti asosida) bepul va pullik tashkil etiladigan xizmatlar ro‘yxati tasdiqlash nazarda tutilgan.

Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga — darslarni yaxshi o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash; maktabning kutubxona fondidan foydalanish; yillik tibbiy ko‘rikdan o‘tish va boshqa xizmatlar kiritish ko‘zda tutilgan.

Pullik asosda tashkil etiladigan xizmatlar esadarsliklarni belgilangan to‘lov evaziga ijaraga olish (birinchi sinf o‘quvchilari va kam ta’minlangan oila farzandlari bundan mustasno); umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (Davlat ta’lim standartlaridan tashqari) bilimlar bo‘yicha kelishilgan narxlarda qo‘shimcha ta’lim olish; shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktabining uzaytirilgan kun guruhlarida belgilangan to‘lov asosida ta’lim-tarbiya olish; umumiy o‘rta ta’lim maktabining asosiy faoliyati hisoblanmaydigan ta’lim-tarbiya xizmatlaridan foydalanish (jumladan, hunar o‘rgatuvchi va sport to‘garaklar, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar, yakshanbalik maktablari va boshqa) kiritilgan.

Qaror loyihasi 20 oktyabrga qadar muhokama qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring