Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktablarda to‘rtta fan o‘rniga yangisi joriy etiladi

Maktablarda to‘rtta fan o‘rniga yangisi joriy etiladi

Foto: Xabar.uz

«Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (422-son, 06.07.2020-y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan holda yagona «Tarbiya» fani 1–9-sinflarda – 2020/2021-o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.

«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualar yangi o‘quv yili boshlangunga qadar chop etilib, joylarga yetkaziladi.

2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar umumta’lim maktablaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari respublika budjeti hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Qaror bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fani konsepsiyasi tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring