Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi

Maktablarda yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Vazirning qayd etishicha, Prezident farmoniga binoan Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston aholisiga 31-avgustdan 4-sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan. Maktab o‘qituvchilari ham ushbu dam olish imkoniyatidan to‘laqonli foydalanishi uchun yangi o‘quv yili 5-sentyabrdan boshlanadi.

«Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan oilaviy foydalanishni reja qilgan, lekin farzandi o‘qishga chiqishi munosabati bilan ikkilanib turgan ota-onalarga ham qo‘shimcha imkoniyat yaratildi», deya izoh qoldirgan Sherzod Shermatov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring