Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Malika»dagi pichoqbozlik: qochib ketgan gumondor ushlandi

«Malika»dagi pichoqbozlik: qochib ketgan gumondor ushlandi

Foto: «Uznews.uz»

Kecha, 8-iyul kuni soat taxminan 17.30 da Shayxontohur tumani «Malika» savdo majmuasi hududida sotuvchi N.A. (1988-yilda tug‘ilgan) hamda xaridor A.Sh. (1989-yilda tavallud topgan) o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Natijada muqaddam sudlangan A.Sh. sotuvchining ko‘krak qismiga tan jarohati yetkazgan va o‘zining «Neksiya» avtomashinasida voqea joyidan qochib ketgan. Jarohat olgan sotuvchiga Yunusobod tumanidagi 7-shahar klinik shifoxonasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tezkor-surishtiruv ishlari natijasida gumonlanuvchining shaxsi va boshqaruvida bo‘lgan avtomobil davlat raqami aniqlandi. Hozirda gumondor qo‘lga olingan.

Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro janjal sotuvchi va uning opasi o‘rtasida kelib chiqqan. Ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring