Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mamayev va Kokorin baribir qamaladi!

Mamayev va Kokorin baribir qamaladi!

Foto: «RIA Novosti»

«Mamayev va Kokorin baribir qamaladi!» dedi taniqli sport sharhlovchisi Gennadiy Orlov kuni kecha efirga uzatilgan «GSO Live» dasturidagi chiqishida.

Ayni paytda zamonaviy rus futbolining ikki taniqli vakili to‘rt oydan buyon tergov izolyatorida saqlanmoqda. Ularga bezorilik va ommaviy mushtlashuvda ishtirok etganlik ayblovi qo‘yilgan. Sharhlovchining aytishicha, Kokorin va Mamayevning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi, ular to‘rt oydan buyon mashg‘ulotlardan chetda, bu muddatning davom etishi ehtimoli juda yuqori, axir sud futbolchilarni turli muddatga «kesib» yuborishi hech gap emas. Chunki, qonunda ularga qo‘yilayotgan ayblovlardan bittasining o‘ziga («bezorilik») sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. Xullas, futbolchilarning sudda ozodlikka chiqishi imkoniyati yo‘q darajada.

Eslatib o‘tamiz: «Krasnodar» yarim himoyachisi Pavel Mamayev va «Zenit» hujumchisi Aleksandr Kokorin «Birinchi kanal» televideniyesi boshlovchilaridan birining haydovchisini, so‘ng Rossiya Savdo-sanoat vazirligi mulozimini ayamay do‘pposlashgan. Bunda ularga A.Kokorinning ukasi Kirill va uning yana bir do‘sti «yaqindan yordam» bergani aytilmoqda.

Mamayev va Kokorin Rossiya terma jamoasining asosiy o‘yinchilaridan hisoblanib, ikki yil avval Monakodagi o‘ta qimmat restoranlaridagi xurmacha qiliqlari uchun mamlakat bosh jamoasidan chetlatilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring