Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ma’muriy javobgarlik: 1295 nafar shaxs ozod etildi, 4635 nafari esa...

Ma’muriy javobgarlik: 1295 nafar shaxs ozod etildi, 4635 nafari esa...

Foto: «Xabar.uz»

Fuqarolarning davlat soliq xizmati organlariga o‘zi yoki jamoatchilikning haq-huquqlarini himoya qilish yuzasidan yo‘llayotgan murojaatlari joylarda yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etishga xizmat qilyapti. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari fuqarolarning murojaatlari asosida 2018-yilning 9 oyi davomida amalga oshirgan nazorat tadbirlari natijasida 7615 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

O‘tkazilgan profilaktika va tushuntirish ishlari natijasida to‘g‘ri xulosa chiqarib, huquqbuzarlik oqibatlarini bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 1295 nafar tadbirkorlik sub’yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Va aksincha, amaldagi qonunchilik talablarini qo‘pol ravishda buzib, soliqqa oid huquqbuzarliklar sodir etgan 4635 nafar shaxsga nisbatan 1758,0 million so‘mlik ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring