Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ma’muriy sudlar 21 500 nafardan ziyod shaxsni transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qildi

Ma’muriy sudlar 21 500 nafardan ziyod shaxsni transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qildi

Foto: «Gazeta.uz»

2018-yilning besh oyi mobaynida ma’muriy sudlar tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 8 500 dan ortiq ish ko‘rib chiqildi. Buning natijasida 6 100 dan ziyod fuqaroning huquqi tiklandi.

Shuningdek, hisobot davrida ma’muriy sudlar tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘zda tutilgan huqubuzarliklar bo‘yicha 184 600 dan ortiq nafar shaxsga nisbatan 150 300 dan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Jumladan 127 900 dan ortiq nafar shaxsga nisbatan jarima, maxsus huquqdan mahrum etish, ma’muriy qamoq va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborish kabi ma’muriy jazolar qo‘llanildi.

Xususan, ma’muriy sudlar tomonidan transport vositalarini mast holda boshqarish va transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 27 100 dan ortiq nafar shaxsga nisbatan 26 800 dan ziyod ish ko‘rib tamomlangan. Shundan 2 800 dan ortiq shaxsga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi, 21 500 dan ziyod shaxs esa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan.

Aziz Obidov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi rasmiy vakili

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring