Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Manchester shahrida qurolli hujum: 10 kishi yaralandi

Manchester shahrida qurolli hujum: 10 kishi yaralandi

Angliyaning Manchester shahrida sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida 10 kishi yaralandi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Manchester shahrida o‘tkazilgan karnaval nihoyasida noma’lum kimsalar tomonidan qurolli hujum uyushtirilgan.

Shahar politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Moss Sayd mavzesidagi mash’um voqeada 10 kishi yaralangan. Ulardan ayrimlarining ahvoli og‘ir ekani, hayoti xavf ostidaligi aytilmoqda.

Voqea kim tomonidan, nima maqsadda o‘tkazilgani hanuz ma’lum emas.

Politsiya surishtiruv ishlari boshlab yuborgan.

Hujum sodir bo‘lgan joy o‘rab qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring