Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun oqshom: «Manchester Siti» — «Liverpul». Bukmekerlar kim g‘olib bo‘lishini aytishdi

Bugun oqshom: «Manchester Siti» — «Liverpul». Bukmekerlar kim g‘olib bo‘lishini aytishdi

Foto: «Twitter»

4-yanvar oqshomida, O‘zbekiston vaqti bilan soat 01:00 da Angliya chempionatining 21-turi doirasida chempionlikka ikki asosiy da’vogar to‘qnashadi: «Manchester Siti» o‘z maydonida «Liverpul»ni qabul qiladi va o‘rtadagi farqni qisqartirishga urinib ko‘radi, aks holda...

Bukmekerlar esa bu orada jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatini taroziga solishga ham ulgurishdi.

Demak, APL doirasida «Etihad»da kechgan oxirgi o‘yinni eslaymiz: «shaharliklar» mersisaydliklarni 5:0 hisobida tor-mor qilishgandi, ammo o‘shanda mehmonlar maydonda o‘n kishi bo‘lib qolishgandi. Hozir esa Gvardiola jamoasining vazifasi bitta: qanday bo‘lmasin Allison darvozasini ishg‘ol qilish va o‘z darvozalarini «quruq» saqlab qolish. Buning aksi bo‘lsa o‘rtada o‘n ochkolik farq paydo bo‘ladi!

Bukmekerlik kompaniyalari bu o‘yin favoriti sifatida mezbonlarni ko‘rishyapti. «Favorit sport», «betfair» va «bet365» 2.05 koeffitsiyent bilan g‘alabani shaharliklarga beryapti. «Pari match» esa mezbonlar g‘alaba koeffitsiyentini 2.07 bilan baholadi.

«Liverpul» APLning bu yilgi mavsumida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgani yo‘q. Oxirgi o‘yinda «Arsenal» ustidan qozonilgan g‘alaba Yurgen Klopp futbolchilariga Manchesterda qo‘shimcha kuch berishi aniq.

Yana bukmekerlarga qaytamiz: «Favorit sport» «Liverpul» g‘alaba koeffitsiyentini 3.55, «Pari match» — 3.45, «betfair» va «bet365» — 3.50 deya baholadi.

Durang bo‘lishiga hech bir bukmekerlik kompaniyasi ishonmayapti: «Favorit sport» koeffitsiyenti — 3.65, «Pari match» — 3.85, «betfair» va «bet365» — 3.90.

Ko‘ramiz, bukmekerlar nima deyishidan qat’i nazar, hammasi maydonda hal bo‘ladi: «Manchester Siti» yutsa — chempionatga «jon kiradi», «Liverpul» g‘alaba qozonsa — chempionlik uchun katta qadam tashlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring