Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maradonaning «ketmoni uchmayapti». U yana iste’foga chiqarildi

Maradonaning «ketmoni uchmayapti». U yana iste’foga chiqarildi

Foto: «football.ru»

Afsonaviy Diyego Maradonaning murabbiylik faoliyati muvaffaqiyatsiz davom etmoqda. U  yana ishsiz qoldi.

Argentinaning «Ximnasiya» klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan 59 yoshli mutaxassisga 2,5 oy o‘tib chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Bu haqda La Red radiostansiyasi efirida jamoa prezidenti Gabriel Pellegrino  ma’lum qilgan.

«Maradona endi klubning bosh murabbiyi hisoblanmaydi», – degan Pellegrino.

Uning boshqaruvidagi jamoa Argentina chempionatining 13-turidan keyin 22-o‘ringa pastlagach, shunday qarorga kelingan.

Argentina klubi Maradonaning so‘nggi bir yildagi uchinchi ish joyi edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring