Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni»  qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi sanasi ma’lum bo‘ldi

«Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni»  qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovining  yakuniy bosqichi sanasi ma’lum bo‘ldi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati


Joriy yilning 15-dekabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Ma’naviyat va ma’rifat markazida «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni»  qo‘shiqlar ko‘rik-tanlovi hamda «Posboniman muqaddas yurtning»  nomli she’rlar tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan 2015-yil 29-dekabrda imzolangan «Harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi she’r va qo‘shiqlar tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori asosida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi.

Tanlov nizomiga ko‘ra «Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni»  ko‘rik-tanlovida nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan har bir qo‘shiq mualliflariga diplom va quyidagi miqdorda pul mukofoti ajratiladi:

• birinchi o‘ringa (1 ta) – 3 000 000 (uch million) so‘m;

• ikkinchi o‘ringa (1 ta) – 2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m;

• uchinchi o‘ringa (1 ta) – 2 000 000 (ikki million) so‘m.

«Posboniman muqaddas yurtning»  nomli she’rlar tanlovining g‘oliblari O‘zbekiston Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasining diplomi hamda quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

• birinchi o‘ringa (1ta) – eng kam ish haqining 5 (besh) barobari miqdoridagi pul mukofoti;

• ikkinchi o‘ringa (1 ta) – eng kam ish haqining 4 (to‘rt) barobari miqdoridagi pul mukofoti;

• uchinchi o‘ringa (1 ta) – eng kam ish haqining 3 (uch) barobari miqdoridagi pul mukofoti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring