Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mariya Zaxarova boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda

Mariya Zaxarova boshchiligidagi delegatsiya Toshkentda

O‘zbekiston — Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturiga binoan bugun, 26-oktyabr kuni Toshkent shahrida tashqi siyosatni axborot bilan ta’minlash va OAV bilan ishlash masalalari bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

TIV axborot xizmatining xabariga ko‘ra, Rossiya TIV delegatsiyasiga Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova boshchilik qildi.

Uchrashuvda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi, tajriba almashildi.

Rossiya delegatsiyasi shu kunning o‘zida JIDU o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring