Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markazga keluvchilarni Qorboboning o‘zi kutib olmoqda (foto)

Markazga keluvchilarni Qorboboning o‘zi kutib olmoqda (foto)

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Yangi yil. To‘g‘risi, bu bayramdan  mo‘’jiza kutmaydigan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Chunki, u sovg‘alar-u, tuhfalari bilan qadrli. Innovatsion yondashuvlari bilan o‘ziga barchani chorlayotgan Navoiy shahar davlat xizmatlari markazida yana bir yangilik. Endi har kuni markazga keluvchilarni Qorboboning o‘zi kutib olmoqda. Shunchaki emas, qo‘lida yangi yil sovg‘asi bilan. Qanday sovg‘a deb ajablanayotgandirsiz. Bu kitob. Kitob chindanam  sovg‘alar ichida eng zo‘ri. Uni qabul qilayotgan kattayu kichikning ko‘nglida shodu xurramlik, yangi yil quvonchi. Ota-onasi ortidan ergashgan bolajonlar uchun esa  har doimgidek shirinlik bor.

Kuniga 500-600 nafar fuqaro tashrif buyuradigan markazda xizmatlar soni ortgani sayin, odamlarning qatnovi ham ko‘paymoqda. Salohiddin Boynazarov 66 yoshda. Otaxon haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun davlat xizmatlari markaziga murojaat qilganlardan. Barcha xizmatlar shaffof va byurokratik to‘siqlardan xoli tarzda amalga oshirilayotgan markazda 10 daqiqa  ichida  davlat hizmatiga bo‘lgan murojaatingizga javob olasiz. Yangi yilda yangi haydovchilik guvohnomasini qo‘lga kiritgan Salohiddin ota singari fuqarolar kamida 100-150 kishini tashkil etyapti. Mana shu-da yangi yil mo‘jizasi, dedi markazda tashkil etilgan xizmat sifatidan hayratda qolgan otaxon.

Bu yil yangi yilni Navoiyda kutib oladigan bo‘ldim, deydi xitoylik hamkor Dza O.  U dunyo bozoriga kimyo mahsulotlari yetishtirib berayotgan Navoiazot korxonasining minizavodlari qurilishida ishtirok etyapti. Navoiyda ishlashiga ruxsat olish, yashashini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat xizmatlari markaziga kelgan xorijlik mehmonlardan. Navoiyda qayerga kirmaylik yangi yil  kayfiyati, deydi chet ellik fuqaro.

Ha-ya, yangi yilga yaqin kunlarda Navoiyga borsangiz, albatta Navoiy shahar davlat xizmatlari markaziga kirib o‘ting. Boisi kattayu kichikning u yoki bu masalasiga yechim topilayotgan bu maskanda hech yo‘qsa qorboboning mo‘’jizalariga duch kelasiz. Darvoqe, yana bir xushxabar. Yangi yilga yaqin kunlarda viloyatning Konimex tumanida ham davlat xizmatlari markazi binosi ochiladi.

Nodira Samandarova,
 Davlat xizmatlari agentligi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring