Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank raisi: «Kelgusi yildan inflyasiya pasayadi»

Markaziy bank raisi: «Kelgusi yildan inflyasiya pasayadi»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida pul-kredit siyosatining 2020-yil va 2021-2022-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov O‘zbekistonda kelgusi yildan inflyasiya darajasi pasayishini ma’lum qildi.

«Inflyasiyaning amaldagi o‘sishi va prognoz ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar ta’siri uzog‘i bilan yana bir, bir yarim yil davom etadi. So‘ng hammasi o‘z joyiga tushadi. Bu vaqtda narxlar tebranadigan kutilmalardan uzoqlashamiz. Shu bois yil oxiriga qadar boshqariladigan va belgilanadigan narxlarni erkinlashtirish grafigini ishlab chiqamiz. Shunda 2020-yilda inflyasiya darajasini 12,5-13,5 foiz, 2021-yildan esa 10 foizga pasaytiramiz», dedi Markaziy bank raisi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring