Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya tayinladi

Markaziy bank talabalar uchun maxsus stipendiya tayinladi

Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi.

Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.

Asosiy mezonlari:

  • o‘quv jarayonida yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
  • davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi.

Hujjatlarni qabul qilish – 1-15-fevral 2019-yil, ko‘rib chiqish va tanlov – 16-fevral-1-mart.

2018/2019-o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1-fevraldan boshlab tayinlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring