Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan media o‘quv markazi qurildi

Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan media o‘quv markazi qurildi

Foto: «infoCOM.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Yaponiyaning JICA tashkiloti bilan 1,5 mln. AQSh dollari qiymatida televizion texnologiyalar yo‘nalishida media markaz qurish loyihasini imzolagan edi.

Hozirgi kunda mazkur hamkorlik doirasida talabalarning televizion texnologiyalar sohasida laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga mo‘ljallangan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan media o‘quv markazi qurilib, ishga tushish arafasida turibdi. Hozirgi kunda jihozlar olib kelish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda «infoCOM.uz» jurnaliga bergan intervyusida TATU rektori To‘lqin Teshaboyev ma’lum qildi.

Universitetda jami kompyuter texnikalari soni 1624 tani tashkil etadi. 1400 dan ortig‘i bevosita o‘quv jarayonida ishlatiladi. 2017-yilda 250ta yangi kompyuter texnikasi xarid qilingan.

Hozirgi kunda universitetda o‘quv laboratoriyalari soni 70 tani tashkil qiladi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari yetita, 50 ga yaqin kompyuter va multimedia sinflari mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring