Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marokash Ispaniyani mundialdan chiqarib yubordi

Marokash Ispaniyani mundialdan chiqarib yubordi

Foto: Championat.com

Hozirgina Qatardagi «Education City Stadium»da mundial 1/8 finalining navbatdagi yo‘lllanmasi hal bo‘ldi.

Marokash — Ispaniya o‘yinining asosiy vaqtida ham, ekstra-taymlarida ham darvozalarga gol urilmadi.

O‘yindan keyingi penaltilar seriyasidan so‘ng Marokash mundialdagi mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettiradigan bo‘ldi.

Marokash darvozaboni Bunu — kun qahramoni.

JCh-2022. 1/8 FINAL

6-dekabr, «Education City Stadium»

Marokash — Ispaniya — 0:0 (asosiy vaqt). Penaltilar seriyasi — 3:0

Marokash: Bunu, Hakimi, Saiss, Agerd (Al-Yamik, 84), Mazraui (Attiyyot-alla, 82), Amrabat, Amalla (Sheddira, 82), Unay, Ziyosh, Bufal (Az Abdi, 66), An-Nasri (Sobiri, 82).

Ispaniya: Unay Simon, Laport, Rodri, Alba (Balde, 98), Buskets, Pedri, Gavi (Soler, 63), Lorente, Olmo (Fati, 98), Asensio (Morata, 63), Ferran Torres (Uilyams, 75; Sarabiya, 119).

Ogohlantirishlar: Laport (76), Saiss (90).

Marokashning raqibi bugun tunda (soat 23:59 da boshlanadi) Portugaliya — Shveysariya o‘yinidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring