Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Foto:«Health Markets»

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘z kanalida mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi xususida ma’lumot berdi.

Yaqinlashib kelayotgan mart oyida kalendar bo‘yicha dam olinadigan 2 ta bayram kunlari bor. Biri – Xalqaro xotin-qizlar kuni, ikkinchisi – Navro‘z bayrami.

Joriy yilda 8-mart kuni xodimlar uchun hech qanday afzallik bermaydi, sababi u yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Dunyoning aksariyat davlatlarida agar bayram kuni yakshanba (dam olish) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, unda keyingi kun, ya’ni dushanba - dam olish kuni deb e’lon qilinadi. Ammo hozircha bizda bunday tartib yo‘q.

Navro‘z bayramiga kelsak, ushbu bayram ham shanba kunga to‘g‘ri kelgan. Ya’ni shundoq ham haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlarga shanba dam olish kuni bo‘lar edi. Ammo Prezident Farmoniga binoan, 23-mart – dushanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Shunday qilib Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonlik 3 kun ketma-ket dam olishadi:

21-mart – shanba (Navro‘z bayrami);

22-mart – yakshanba (dam olish kuni);

23-mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring