Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mart oyining so‘nggi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

Mart oyining so‘nggi kunida qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: «Stixi.ru»

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, 31-mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +16 ... +18 daraja, kunduzi +26 ... +28 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, chaqmoq chaqib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja, kunduzi +2 ... +7 daraja iliq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +15 ... +20 daraja, kunduzi +28 ... +33 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +13 ... +18 daraja, kunduzi +25 ... +30 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +18 ... +23 daraja, kunduzi +30 ... +35 daraja issiq bo‘ladi. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +10 ... +15 daraja, kunduzi +20 ... +25 daraja issiq bo‘lishi kutilyapti. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.

Shuningdek, tog‘li hududlar — Chimyon, Qamchiq va Nurafshonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi +7 ... +12, kunduzi +10 ... +15, Chimyonda kunduzi +17 ... +22 daraja iliq bo‘ladi. Nurafshonda esa kechasi +13 ... +18, kunduzi +25 ... +30 daraja ilishi mumkin. Soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi, 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring