Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Masharipov va Bikmayevdan supergollar. «Paxtakor» OChLda keyingi bosqichga chiqdi

Masharipov va Bikmayevdan supergollar. «Paxtakor» OChLda keyingi bosqichga chiqdi

Foto: «Championat.asia»

Osiyo Chempionlar ligasida 2-bosqich saralash o‘yinida «Paxtakor» o‘z maydonida Iroqning «Eyr Fors» klubi bilan bahs olib borayotgani haqida xabar bergandik.

Uchrashuvda «Paxtakor» 2:1 hisobida g‘alabaga erishdi va keyingi bosqichga chiqdi.

O‘yinda Jaloliddin Masharipovning akrobatik usulda hamda Marat Bikmayevning jarimadan urgan supergollari poytaxtliklarga g‘alaba keltirdi.

«Paxtakor» OChL saralashining navbatdagi pley-off bosqichida BAAning «An-Nasr» klubi bilan o‘ynaydi. Bellashuv 19-fevral kuni safarda o‘tkaziladi. G‘olib jamoa OChL guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Paxtakor (O‘zbekiston) – Eyr Fors (Iroq) 2:1

Gollar: Masharipov (76), Bikmayev (84) – Hammadiy (87)

«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimets (S), Sherzod A’zamov, Xojiakbar Alijonov, Sadriddin Abdullayev, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Jasurbek Yaxshiboyev (Dostonbek Hamdamov, 61), Marat Bikmayev

«Eyr Fors»: Muhammad Kassid, Suad Notiq (S), Ahmad Abdulridxa, Samih Said, Zaher Medani (Ahmad Kadhim, 74), Muhammad Qosim (Hammadi Ahmad, 57), Muhammad Ali, Muayad Ajaan, Emad Mohsin, Solomon Uilyams (Ali Yusuf, 62)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring