Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashhur robot «Sofiya» vizaga ega bo‘ldi

Mashhur robot «Sofiya» vizaga ega bo‘ldi

Gonkonglik tadqiqotchilar tomonidan yasalgan insonga o‘xshash robot «Sofiya» avvalroq Saudiya Arabistoni fuqaroligiga qabul qilingan edi. Endilikda u Ozarbayjon vizasiga ega bo‘ldi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan robot: «Muhtaram prezident. Siz bilan tanishganimdan mamnunman. Ozarbayjon menga juda yoqdi. Boku shahrining me’morchilik obidalarini, zamonaviy binolarini va boshqa texnologik muvaffaqiyatlarini ko‘rdim», – degan.

«Sofiya» dunyodagi fuqaroligi bor yagona robot. U odamga qarab turli yuz ifodalari va ishoralarni bajara oladi, 62ta hissiyotni ko‘rsatadi, savollarga o‘ylab javob beradi va hazillashadi ham.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring