Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashina salonida bo‘lgan ayol suv ostidan omon chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Mashina salonida bo‘lgan ayol suv ostidan omon chiqishga muvaffaq bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

Bu hodisa 10 sentyabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, keskin burilishda «Kobalt» avtomashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil bir necha marta ag‘darilgan va yaqin atrofdagi «Namangan» kanaliga tushib ketgan.

Avtomobil ag‘darilgan vaqtdagi kuch haydovchini mashinadan uloqtirib yuborgan va u voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, mashina salonida yana bir nafar ayol kishi bo‘lgan. U esa suv ostida qolgan mashinadan xavfsiz chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Bir necha daqiqadan so‘ng voqea joyiga Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, tegishli amaliy choralar ko‘rilgan. Jabrlanuvchi kasalxonaga yetkazilgan. Mashina esa maxsus texnikalar yordamida kanaldan olib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring