Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masjid ochishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Masjid ochishga ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan  tergovga qadar tekshirish o‘tkazildi.

Unda Fuqaro Dilshod.R. fuqaro Alisher.R.ga hashar yo‘li bilan obod etilgan «Ko‘k to‘nli ota» nomli masjidni ochilishi uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ruxsatnoma olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 4500 AQSh dollari va 27 mln. so‘m pullarni olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda. 

Yana bir holatda fuqaro Dilshod.R. fuqaro Maqsud.T.ning farzandini ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSh dollarini olib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan, fuqaro Dilshod R.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring