Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mast haydovchi urib yuborgan inspektor vafot etdi

Mast haydovchi urib yuborgan inspektor vafot etdi

Toshkent viloyati Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va surishtiruv bo‘yicha inspektori Dilmurod O‘rmonov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda olgan tan jarohati natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov ma’lum qildi.

11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan o‘tkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burchini bajarayotgan YPX inspektori serjant, 1991-yilda tug‘ilgan Dilmurod O‘rmonov haydovchi, 1992-yilda tug‘ilgan Sh. A. (mastlik holatida) boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasiga to‘xtash ishorasini beradi. Haydovchi esa IIO xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay harakatni davom ettirgan va uni urib yuborib YTH sodir etadi.

Natijada, ko‘rsatilgan tibbiy muolajaga qaramay serjant Dilmurod O‘rmonov olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada 14-sentyabrda olamdan o‘tgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring