Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Matbuot tarqatuvchi»ning davlat aksiya paketi sotuvga chiqarildi

«Matbuot tarqatuvchi»ning davlat aksiya paketi sotuvga chiqarildi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Matbuot tarqatuvchi» AJning ustav fondidagi 26,0 foiz davlat aksiya paketini birja savdolariga qo‘ydi.

Savdoga chiqarilayotgan davlat aksiya paketlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot:

Davlat aksiyalarining emitent ustav fondidagi ulushi – 26,0 foiz;

Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning umumiy soni – 260 000 (ikki yuz oltmish ming) dona oddiy aksiya;

Bir dona aksiyaning nominal qiymati – 4000 (to‘rt ming) so‘m;

Bir dona aksiyaning boshlang‘ich narxi – 35 802,0 (o‘ttiz besh ming sakkiz yuz ikki) so‘m;

Aksiyalar paketining umumiy boshlang‘ich narxi – 9 308 520 000 (to‘qqiz milliard uch yuz sakkiz million besh yuz yigirma ming) so‘m;

Savdo tashkilotchisi – “Toshkent RFB” AJ;

Lotlar soni – 260 000 (ikki yuz oltmish ming) dona.

Davlat aksiyalarini sotib olishni xoxlovchilar 2019 yilning 11 noyabrdan boshlab “Toshkent” RFBda birja savdolarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq ommaviy savdolarni amalga oshirish maydonchasi orqali davlat aksiya paketlarini sotib olishga ariza berishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring