Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tobut futbol o‘yinidan so‘ng katta janjalga sabab bo‘ldi

Tobut futbol o‘yinidan so‘ng katta janjalga sabab bo‘ldi

Foto: d20fernandes/twitter.com

Braziliya futboli A seriyasining 30-turidan o‘rin olgan «Internasonal» va «Gremio» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv har ikki jamoa vakillari ishtirokidagi mushtlashuv bilan yakunlandi. Shu bilan birga, mojaroga mezbonlar muxlislarining g‘alati xatti-harakati sabab bo‘lgan.

«Internasonal» – «Gremio» uchrashuvi 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Final hushtagi yangraganidan keyin mahalliy futbolchilarning muxlislari dushman logotipi tushirilgan karton tobutlarni olib chiqishdi. Shu tariqa, ular raqibning mahalliy futbol chempionati ikkinchi divizioniga tushishiga shama qilishdi.

Muxlislarni «Internasonal»ning ayrim futbolchilari ham qo‘llab-quvvatlashdi. Ular muxlislardan bir nechta «tobut» olib, ular bilan maydon bo‘ylab yugura boshlashdi. Bu esa raqib futbolchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi va katta mushtlashuvga olib keldi. Natijada politsiya tomonlarni ajratishga majbur bo‘ldi.

30 turdan keyin «Internasonal» 44 ochkoga ega va Braziliya A Seriyasi turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. O‘z navbatida «Gremio» 26 ochko bilan oxirgidan bitta oldin — 19-pog‘onada bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring