Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Matritsa» haqiqatga aylanmoqda. Kvant kompyuteri bazasida birinchi sun’iy intellekt yaratildi

«Matritsa» haqiqatga aylanmoqda. Kvant kompyuteri bazasida birinchi sun’iy intellekt yaratildi

«Matritsa».

Foto: «Onedio.som»

«Rigetti» kompaniyasining tadqiqotchilari kvant kompyuterlari uchun klasterizatsiya algoritmini ishga tushirish usulini ishlab chiqdi. Bir qator kompaniyalar, jumladan, IBM va Google sun’iy intellektdan kvant tizimlarni yaratishda qo‘llashga harakat qilmoqda, biroq bu muvaffaqiyatli amalga oshirilgan birinchi holat hisoblanadi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Sun’iy intellekt va kvant kompyuterlar bazasining sintezi asosida yaratilgan robotlar nimalarga qodir bo‘lishini tasavvur qilishning o‘zi qo‘rqinchli. «Tesla» rahbari Elon Mask avvalroq bir necha bor sun’iy intellekt insoniyat uchun xavf tug‘dirishini ma’lum qilgandi.

Ayni bosqichda kvant kompyuterlar o‘z imkoniyatlari bilan deyarli superkompyuterlarga yaqin kelmoqda va olimlar ulkan miqdordagi ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha qo‘llanma yaratish bilan band.

Kvant kompyuterlar va sun’iy intellektning yana bir umumiy xususiyati bor: eksponensial o‘sish. Kvant qurilmalar uchun protsessorlar quvvati kubitlarda o‘lchanadi. Hozirda ularning eng zamonaviysi salkam 50 kubitga teng. Bu kabi quvvatda ular superkompyuterlarga ekvivalentdir.

60 kubit sayyoradagi barcha superkompyuterlar quvvati jamlanganidan ham ko‘proq.

Bunday ma’lumotlar to‘plami faqat «Rigetti» uslubiga o‘xshash usullar bilan qayta ishlanishi mumkin. Agarda  «Matritsa» haqiqatga aylansa, u kvant algoritmida ishlaydigan bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring