Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maxsus komissiya qarori: konsert-tomosha tadbirlariga ruxsat berildi

Maxsus komissiya qarori: konsert-tomosha tadbirlariga ruxsat berildi

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, konsert-tomosha tadbirlarini joriy yilning 28-yanvaridan boshlab sanitariya-epidemiologik talablarga qat’iy rioya etgan holda tashkil etishga ruxsat berildi.

Qaror bilan konsert va tomosha tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha quyidagi talablar belgilandi:

▪️konsert saroylarining tomoshabin sig‘imini inobatga olgan holda tomoshabinlar sonini 50 foizdan oshirmagan holda tashkil etish;

▪️konsert saroylarining tomoshabin o‘rindiqlaridan oraliq masofani saqlagan holda foydalanilishini ta’minlash va bu borada oraliq masofani saqlash uchun talab etiladigan o‘rindiqlarni konservatsiya qilish;

▪️konsert saroylariga tashrif buyuruvchi tomoshabin hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qat’iy niqobda (maskada) bo‘lish.

Shuningdek, ushbu qaror bilan Respublika maxsus komissiyasining umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’yektlar tomonidan soat 8:00 dan 23:00 gacha bo‘lgan davrida faoliyat yuritishi bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlar bekor qilinib, Vazirlar Mahkamasining «Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘ngilochar ob’yektlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2019-yil 24-iyuldagi 624-son qarori talablari doirasida faoliyatni tashkil etilishiga ruxsat berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring