Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyevning maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyevning maxsus vakili AQSh elchisi bilan uchrashdi

Foto: «sputniknews-uz.com»

Bugun, 18-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Tashqi ishlar vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashdi.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, suhbat chog‘ida Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya yakunlariga ko‘ra, 2018-yil 27-martda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasini amalga oshirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston va AQSh hamkorligining amaliy jihatlari muhokama qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston – AQSh kun tartibining boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring