Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mayamida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar pitssa tashishni boshladi

Mayamida haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar pitssa tashishni boshladi

Foto: «NV.ua»

«Ford» kompaniyasi o‘zining haydovchisiz boshqariladigan ilk tijoriy loyihasi ishga tushirilganini va u Mayami aholisiga pitssa yetkazib berishini ma’lum qildi. Umuman olganda xavfsizlik nuqtai nazaridan avtomobil ichida odam bo‘ladi, deb xabar berdi «NV.ua».

«Domino Pizza» bilan hamkorlikdagi mazkur loyiha ishga tushirib bo‘lindi. Mart oyidan boshlab shahar aholisi «Postmates» servisi orqali turli tovarlarni buyurtma qilishi mumkin.

«O‘zaro hamkorlik natijasida biz turli tahlillarni amalga oshiramiz, qaysi funksiyalar yaxshi ishlayotganini, yana qanday yangiliklar qo‘shishimiz kerak ekanligini aniqlaymiz. Bu orqali o‘z servisimizni tezda kengaytirib, boshqa shaharlarga ham chiqamiz», — deydi «Ford» kompaniyasi vitse-prezidenti Sherif Marakbi.

Shu bilan birga «Ford» kompaniyasi Mayamida avtomobillar uchun dispetcherlar va texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari funksiyasini birlashtiradigan avtonom birinchi terminalni ham yaratadi. Kelajakda «Ford» modelidagi haydovchisiz boshqariladigan avtomobillarga mahalliy dilerlarni jalb etgan holda xizmat ko‘rsatiladi va ta’mirlanadi.

Kompaniya mutaxassislari parallel ravishda Mayami ko‘chalarida sun’iy intellektga ega avtonom mashinalarni ham sinovdan o‘tkazishni rejalashtirgan. Loyiha jarayonida olingan tarjiba 2021 yilga borib chiqarish rejalashtirilgan avtonom avtomobilda qo‘llaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring