Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maykl Jekson eng boy marhumlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Maykl Jekson eng boy marhumlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi

Foto: «Global Look Press»

«Forbes» jurnali eng boy marhumlar reytingini e’lon qildi. «Pop musiqa qiroli» Maykl Jekson ushbu reytingda eng yuqori pog‘onani zabt etgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yilda Jeksonning daromadiga 400 million dollar qo‘shilgan va u merosxo‘rlari 40 million dollar ishlagan Elvis Preslidan o‘tib ketgan.

Jeksonga bu pulning katta qismi uning yirik ovoz yozish kompaniyalaridan biridagi ulushini sotish orqali tushgan. Elvis Preslining mablag‘i esa uning muxlislari bir yilda sotib oladigan 1 millionta plastinka orqali ko‘payadi.

Eng boy marhumlar ro‘yxatining Top beshtaligidan tadbirkor Xyu Xefner, 50-yillar yulduzi Merilin Monro, bokschi Muhammad Alilar ham joy olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring