Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada ikki siyosatchi o‘ldirib ketildi

Meksikada ikki siyosatchi o‘ldirib ketildi

Meksikada shu yil 1-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan saylov arafasida Michoakan shtatida mahalliy kengash deputatligiga nomzod bo‘lgan ikki kishi otib ketildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Mustaqil nomzod Umar Gomes Lukatero narkobaronlar ko‘p bo‘lgan Aguililla shahrida, Demokratik inqilob partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Fernando Angeles Xuarse Okampo shahrida otib tashlandi.

2017-yil sentyabr oyidan beri mamlakatda 179 nafar siyosatchiga hujum uyushtirildi. Ularning 116 nafari halok bo‘ldi.

Meksikaliklar shu yil 1-iyul kuni prezident, deputatlar, senatorlar va 8 ta shtat merini saylashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring