Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikada yangi prezident qasamyod qildi

Meksikada yangi prezident qasamyod qildi

Foto: «Wikipedia»

Meksika prezidentligi uchun 2018-yilning iyul oyida bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqqan Andres Manuel Lopes Obrador kecha, 1-dekabr kuni mamlakat parlamentida qasamyod qildi. Meksikani 2012-yildan beri boshqarib kelgan Enrike Penya Neto o‘rnini egallaydigan Lopes Obradorga mamlakat taqdiri 2024-yilgacha ishonib topshirildi.

Parlamentdagi tantanali marosimda Lopes Obrador prezidentlik tasmasini deputatlar kengashi raisi Porfirio Munos Ledodan qabul qilib oldi. Tadbirda sobiq prezident Penya Neto ham qatnashdi.

Lopes Obrador Meksika boshqaruviga uzoq yillik tanaffusdan keyin kelgan so‘l kuchlar vakilidir: bungacha uch muddat markazchilar ketma-ket saylovlarda g‘olib chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring