Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Meksikaning yangi prezidenti pensiyani ikki barobar oshirishga va’da berdi

Meksikaning yangi prezidenti pensiyani ikki barobar oshirishga va’da berdi

Meksikada kecha prezident saylovi o‘tkazilgani, mamlakatda yangi prezident saylangani haqida xabar bergan edik.

Yangi prezident Andres Manuel Lopes Obrador mamlakatdagi pensionerlarning pensiyalarini ikki barobar oshirishga va’da berdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Dastlabki kundan biz mamlakatdagi keksalarning pensiyalarini ikki barobar oshiramiz va bu kafolatlanadi», – degan Lopes Obrador Mexiko shahri markazida o‘zining tarafdorlari uyushtirgan namoyishda.

Shuningdek, Lopes Obrador ertaga, 3-iyul, seshanba kuni amaldagi prezident Enrike Penya Neto bilan hokimiyatni qabul qilib olish jarayonini boshlash uchun uchrashadi.

Penya Neto shu yil 1-dekabrgacha prezident lavozimida bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring